“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Spot qonun hujjatidagi eng muhim yangiliklarni to’pladi.
Imtiyozlar
(2021-yil 31-dekabrga qadar)
A) turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish;
B) kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekistonda tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;
C) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar bo‘yicha:
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;
- ular tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash.
Yangi yo’nalishlar
“Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda:
- Farg‘ona — Urganch — Farg‘ona, Termiz — Urganch — Termiz hamda Qarshi — Urganch — Qarshi aviareyslarиni yo‘lga qo‘yiladi. Andijon — Xiva — Andijon temir yo‘l qatnovi sonini oshiriladi;
- 2021-yil 1-aprelga qadar Termiz — Qarshi — Xiva, Xiva -Urganch — Nukus va Termiz — Qarshi — Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yiladi;
“Oilaviy sayohat ta’tili” tizimi
- Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi;
- ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan “oilaviy sayohat ta’tili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy sayohat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Turistik yig’im
- O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi.
- Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Vizasiz rejim
2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan quyidagi davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi:
— Bahrayn Qirolligi;
— Qatar Davlati;
— Quvayt Davlati;
— Ummon Sultonligi;
— Xitoy Xalq Respublikasi;
— Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari.
Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi O‘zbekistonga aviaparvozlari, qo‘nish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, to‘sqinliksiz amalga oshiriladi.