UzAuto Motors dilerlarida yangi dasturiy ta’minotga o‘tilayotgani sababli Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi.
Ma’lum qilinishicha, GM Uzbekistan avtosalonlari shartnomalar va avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha yangi boshqaruv tizimiga o‘tadi.
Avvalroq Spot, UzAuto Motors Equinox yetkazib berishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi. Bunga modellar qatorini yangilash strategiyasi sabab qilib ko‘rsatilgan.