Xorazmda 1000 nafar o’quvchi qizlarni tayyorlash bo’yicha yangi “TechBika” o’quv loyihasi joriy qilindi. Bu haqida IT Park xabar beradi. Loyihaning maqsadi- 1000 nafar o’quvchi qizlarni axborot texnologiyalari va har xil sohalar bo’yicha keng qamrovli o’quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
Loyiha tashabbuskorlari: O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park xamda Xorazm viloyati hokimligi.
Loyiha auditoriyasi:
- Maktab bitiruvchi qizlari;
- Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlari;
- Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyent qizlar;
- 12 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan kam ta’minlangan va ehtiyonjmand qizlar.
“TechBika” loyihasini amalga oshirish mexanizmi 4 bosqichdan iborat:
1-bosqichda professional ta’lim va IT-mutaxassislarni tayorlash uchun 8 ta yo’nalish bo’yicha kompleks o’quv dasturi tashkiletilgan:
- Ingliz tili;
- Kompyuter savodxonligi;
- Dasturlash;
- Loyihalar boshqaruvi;
- Robototexnika;
- Freelancing;
- Grafik dizayn;
- “Bir million dasturchi”
2-bosqichda iqtidorli qizlar uchun “Start-up” loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishida yordam berish.
3-bosqichda ish bilan ta’minlash va o’z-o'zini ish bilan ta’minlashga yordam berish, ya’ni freelancing.
4-bosqich, o’quv dasturi oxirida iqtidorli qizlarni rag’batlantirish.
Dasturga qabul qilish uchun matematika va informatika fanlaridan test olinadi va yuqori baxo olgan qizlarimiz o’quv kurslarimizda o’qish imkoniga ega bo’lishadi. Dastur davomiyligi: 8 oy
Mashg‘ulotlarning intensivligi: haftasiga 3 marta, kuniga 1,5 soatdan. O’qish 2 smenada amalga oshiriladi. Kurslar 2021-yil 1-mart kuni boshlanadi va quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tiladi.