Makro O’zbekistonda birinchi elektromobillarni quvvatlash shaxobchalar tarmog’ini qurishni boshladi, bu haqida INS Magazine habar bermoqda, 30 ta bekat Toshkent va O’zbekistonning boshqa shaharlarida o’rnatiladi.
Hozirda Makro birinchi bosqichda 20 ta va ikkinchi bosqichda 10 ta AC, CCS va CHAdeMO quvvatlash shaxobchalarини yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzoladi.
“Biz mamlakatda elektr transport vositalari quvvat olish shahobchalarini o’rnatgan birinchi chakana savdo korxona ekanligimizdan faxrlanamiz va tarmoqni kengaytirish navbatdagi mantiqiy qadam deb bilamiz” — dedi Makro boshqaruvchisi Roman Sayfulin.
U Makro atrof-muhit muammolariga oid majburiyatlarini jiddiy qabul qilishini va mijozlar bilan birga yangi texnologiyalarni baham ko’rish har doim hayajonli va qiziqardi bo’lishini ta’kidlab o’tdi.
Spot 2020-yilning oxirida O’zbekiston elektr avtomobillar yo’nalishiga o’tishi haqida xabar bergan edi. Unga ko’ra:
- “Uzavtosanoat” kompaniyasini faqat elekt avtomobillari ishlab chiqarishga o’tkaziladi.
- Mamlakatga elektr transport vositalarini olib kirish yig’im bekor qilinadi.
- Ikki oy mobaynida quvvatlantirish vositalari o’rnatish uchun “Yo'l xaritasi” tayyorlanadi.
Oxirgi ikki yil ichida elektr transporti vositalari importi 10 baravar oshdi va ularni ishlab chiqarish bo’yicha bir qator loyihalar tuzilmoqda. Roman Sayfulin fikricha, bu mahalliy kompaniyalarga nol emissiyali elektr furgonlar va yuk mashinalardan foydalanishga o’tishga yaxshi imkoniyatberadi.