Jizzax viloyat hokimligi bilan Hindistonning Sambhram guruhi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Jizzaxda Sambhram Texnologiya Instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv bitimi imzolandi. Bu haqida Jizzax viloyati hokimligining rasmiy saytida ma’lumot beriladi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Soliyev va Hindiston delegatsiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Jizzaxda Sambhram Texnologiya Instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzoladi.

Shundan so‘ng respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, oliy o‘quv yurtlari, umumta’lim maktablarining axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Hindiston delegatsiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Sambhram guruhining va uning filiali bo‘lgan Sambhram Texnologiya Instituti faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.