Xitoy hukumati bir qator tekshiruvlardan so’ng Alibaba tarkibida bo’lgan Ant Group kompaniyasininig IPO o’tkazishini yana ta’qiqlab qo’ydi. Bunga sabab kompaniya boshqaruvi tarkibidagi ulushga ega vakillarning sobiq hukumatga aloqasi borligi deya ko’rsatilmoqda. Bu haqida Forbes Russia xabar beradi.

Mavzuga doir: Xitoy hukumati Ant Groupga IPO o’tkazishga ruxsat berdi.

Ant Group investorlari orasida Li Botan egalik qiladigan Beijing Zhaode Investment Group, Boyu investitsion firmasi va kommunistik partiyaga aloqador yirik biznes vakillar mavjud. Ularning barvchasida Xitoy hukumati bilan muammolar mavjud.

Kompaniya IPO o’tkazishi uning qiymatini $ 300 mlrd gacha oshirishi va sanab o’tilgan shaxslar milliardlab dollarlarni egallashi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun Xitoy hukumati IPO ni ta’qiqladi.

Avvalroq Spot, Ant Group Alisher Usmonov kompaniyalari bilan hamkorlikda moliyaviy korxona ochishga kelishgani haqida xabar bergan edi.