Markaziy bank IOS foydalanuvchilari uchun mobil ilova ishga tushirganini habar berdi.
Mobil ilova MB veb-sayt foydalanuvchilariga barcha axborot va interaktiv xizmatlarni qulay formatda taqdim etadi.
Ilova asosiy pul ko’rsatkichlari va bank xizmatlaridan tashqari quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Eng ko’p va tez-tez beriladigan savollarga javob, hamda sana bo’yicha filrtlash imkoniyati bor kurs valyutalari.
- Bank va uning xizmatlari bilan bog’liq muammolar haqida shikoyat yozish va yuborilgan shikoyatlarning holatini tekshirish.
- Kerakli me’moriy hujjatlarni qidirish va yuklab olish.
Shuningdek, ilovada O’zbekistonning xaritasi mavjud bo’lib, unda bank infratuzilmasi obyektlarining joylashuvini ko’rish mumkin. Yuborilgan joy bo’yicha modul eng yaqin kredit tashkilotlarni, va tanlangan manzilgacha bo’lgan masofani aniqlaydi. Shu qatorda, tashkilotning manzil, ish vaqti, telefon raqami va fotosuratlar kabi ma’lumotlarni beradi.
Push-xabarlar tizimi valyuta kursining o’zgarishi haqida ma’lumot taqdim etadi.
Mobil ilova 4 tilda: o’zbek (kirill va lotin), rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.
Mazkur ilovani quyidahi havola orqali yuklab olish mumkin va u Android foydalanuvchilari uchun ham mavjud.