2020-yilning avgust oyida investorlar kompaniyani $46 mlrdga baholashgan edi. 2021-yilning fevraliga ko’ra SpaceX aksiyalar sotuvi orqali $850 mln summani kompaniya hisobiga o’tkazgan. Bu haqida manbalarga asoslanib CNBC xabar beradi.

Bu mablag' kompaniya qiymatining $74 mlrdgacha oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, SpaceX $6 mlrdlik investitsiya loyihasiga taklif olgani aytilmoqda.

Avvalroq Spot, SpaceX tarkibida bo’lgan sun’iy yo’ldosh uchiruvchi Starlink kompaniyasining IPO ga tayyorlarlik ko’rayotgani haqida xabar bergan edi.

Ammo buning uchun SpaceX bir yil ichida foyda haqida o’ylamasligi kerak. Chunki har bir yangi sun’iy yo’ldoshni uchiruvchi kompaniya faoliyati boshida bankrot bo’ladi, ammo Mask Starlink bu holat yuz bermaydigan birinchi loyiha bo’lishiga umid qilmoqda.