Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yanvar oyi uchun ko‘chmas mulk va avtomobil bozorlarida talabning o‘zgarishini tahlil qildi.

Ko‘chmas mulk bozori

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari joriy etilgunga qadar respublikamiz ko‘chmas mulk bozorida talab har oyda o‘rtacha 6−7% ga oshib borgan.

Toshkent va Toshkent viloyatidagi ko‘chmas mulk bozorlaridagi savdolar umumiy bozor hajmining 40−45%ini tashkil etgan.

2021-yil yanvar oyida respublika bo‘yicha rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 17,9 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bozorining 30 foizidan ortig‘ini egallagan Toshkent shahrida esa ushbu ko‘rsatkich 26,9 foizni tashkil etdi.

Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar sonining o‘zgarishi

Ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishi tahlili natijalari shuni ko‘rsatdiki, aholining uzoq muddatli tovarlarni sotib olish bo‘yicha ijobiy kutilmalari ulushining 1 foizga oshishi ko‘chmas mulk oldi-sotdilari sonini 1,5 foizga o‘sishiga olib keladi.

Ko’chmas mulkni sotish va iste’molchilarning kayfiyati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik

Avtomobil bozori

Odatda, respublikada birlamchi va ikkilamchi bozorlarda avtomobil savdosining oylik o‘sishi o‘rtacha 2−3% ni tashkil etadi.

2020 yilning mart oyi o‘rtalaridan ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 17,3%ga kamaygan edi.

May oyidan boshlab avtomobil bozoridagi vaziyat yana tiklana boshladi. Avgust oyida ushbu ko‘rsatkich 3,8 foizni tashkil etdi.


Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar sonining o‘zgarishi

2021 yil yanvar oyida avtomobil bozorida aholi talabi 2020 yil yanvar oyiga nisbatan 5,3 foizga oshdi.

Yanvar oyida avtotransport vositalari savdosi o‘sish sur’atlari 5−6 foizni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich boshqa oylarga qaraganda o‘rtacha hisobda past hisoblanadi.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar aholisining 1 foizga o‘sishi avtomobillar oldi-sotdisining 1,1 foizga oshishiga olib kelmoqda.


Avtomobil oldi-sotdisi va aholi soni o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlik

Avvalroq Spot, 2020-yilda avtomobil va ko’chmas mulk bozorining holati haqida ma’lumot bergan edi.