Shavkat Mirziyoyev “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanali xabar beradi.
Qaror sohani jahon talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan.
2021−2021 yillarda sun’iy intellektni o’rganish va bir nechta sohalarda boshqariluvchi loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutuilgan. Bularga qishloq xo’jaligi, bank, moliya, soliq, transport, energetika, sog’liqni saqlash, farmatsevtika kabi sohalar kiradi.
1-iyuldan sun’iy intellektdan foydalanishning maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi hamda 200 mlrd so’m miqdorida pul ajratilishi tasdiqlandi.
Qarorda talabalarni sun’iy intellekt yo’nalishi bo’yicha grant asosida o’qitishni rejalashtirgan universitetlar ro’yxati berilgan. 2021−2024 yillarda grant asosida 100 ta bakalavriat va 30 ta magistratura joylari taqdim etiladi.
Bundan tashqari, Rossiyaning “Сбер” kompaniyasi bilan sun’iy intellektni joriy etish borasida hamkorlik olib borilmoqda. Hozirgi kunda ovozli biometrita va yuz identefikatsiyasi texnologiyalari joriy etilmoqda.