MB bank 15 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo’lladi. Bu Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yo‘li banki, Davrbank va Infinbank bo’ldi.
Bunga sabab — bank kartalari orqali to’lovlarni rad etish va terminallar yo’qligi, plastik kartalardan naqd pul yechib olish imkoniyati cheklanayotganligi.
Agar banklarda va uning filiallarida bankmkartalari orqali operatsiyalar oshirish rad etilayotgan va turli bahonalar vaj qilib ko’rsatilayotgan bo’lsa Markaziy bank bankka va uning boshqaruvchi xodimlariga nisbatan tegishli jazo belgilashi aytib o’tilgan.
Avvalroq Spot, Markaziy bank IOS foydalanuvchilari uchun ilovani ishga tushirganligi haqida yozgan edi.