Covid-19 pandemiyasi O’zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qildi. Bu haqida Xalqaro valyuta fondi (XVF) missiyaning yakunida aytib o’tdi.
“Pandemiyaning salbiy ta’siri 2020 yilning birinchi yarmiga to’gri keldi va bu iqtisodiyot uchun o’g’ir sinov bo’ldi. Lekin o’z vaqtida cheklash va qo’llab quvvatlash, samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo’llab bilish natijasida yilning oxirigacha O’zbekiston iqtisodiyoti ijobiy tomonga o’sdi” — deya xabar berdi XVF.
Shu qatorda 2020 yilda YIM 1,6% ga oshdi va O’zbekiston shu sababli iqtisodiyoti o’sgan kam sonli mamlakatlar qatoriga kirdi, ammo bu ko’rsatkich yilning boshida prognoz qilingan darajadan 4% ga kamroq ekanligi qayd etildi.
2021 yilda mamlakatda iqtisodiy o’sish davom etishi kutilmoqda, ammo bu ko’rsatkich bir nechta sabablarga ko’ra kechikishi mumkin:
- Karantin qoidalari qayta tiklanishi.
- Vaktsinatsiya sekin o’tishi.
- Oltin narxi pasayishi va boshqalar.
Shuningdek, davlat tomonidan tiklanishga qaratilgan siyosat, aholini qo’llab quvvatlash, strukturaviy islohotlar va turli chora tadbirlar ham iqtisodiyotni o’sishiga yordam beradi. Ayni paytda ko’rilgan choralarni yumshatish mumkin emasligi qayd etildi.
Davlat tomonidan soliq va Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati oqilona deb baholandi va bundan keyin kredit stavkalari to’liq bozorga asoslangan bo’lishi va imtiyozli kreditlarni subsidiyalash kerakligi ta’kidlandi.
“Biznes tizimini tartibga solish va eng muhimi uni osonlashtirish lozim. Tez-tez va bir martalik o’zgartirishlar investorlarni jalb qilmaydi”, — XVF xabarida aytiladi.
XVF O’zbekistonni ushbu sa’y-harakatlarda siyosiy maslahat, texnik yordam va moliyaviy yordam bilan qo’llab quvvatlashini davom ettirishga tayyorligini eslatib o’tdi.