2020 yilda faoliyatini boshlagan TBC UZning mijozlari soni 25 mingdan oshdi. Bu haqida bankning asosiy egasi TBC Bank Group hisobotida xabar beriladi.
“O'tgan yil bizning xalqaro miqyosida kengayishimiz uchun muhim voqea bo’ldi” — dedi TBC Bank Group bosh direktori Vakhtang Butskhrikidze.
Yanvarni oxiriga kelib, bank 12 002 debit kartalarni chiqardi, 1857 depozitli mijozlarga ega bo’ldi va dastlabki kreditlash xizmatini taklif qildi.
Mamlakatda hozirgi vaqtda turli xizmat ko’rsatish va mijozlarga yordam berish uchun 18 ta shaxobcha va 2 ta filial faoliyat yuritmoqda. Bank hozirda faqat chakana sado segmentiga xizmat ko’rsatmoqda, ammo hisobotda aytilishicha, keyingi bosqichda kichik va o’rta bizneslarga o’z faoliyatini taqdim etadi.
Shu qatorda hisobotda TBC Bank Groupga asosiy qismi tegishli Payme kompaniyasi pandemiya davrida qanday qilib foydaga chiqqani haqida ma’lumot berilgan edi.