Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan elektron auksionda sotuvga qo’yildi.

Bino Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan. Umumiy maydoni 20,3 gektarni tashkil etadi.

Auksionda g’olib chiqqan shaxs 24 oy davomida 1 mln dollar investitsiya kiritishi va 30 ta yangi ish o’rni ochishi kerak.

Oromgohning boshlang’ich narxi 1 so’m. Auksion 15- martgacha davom etadi.

Avvalroq Spot, “Avtoyo'l” oromgohi sotuvga chiqarilganligi haqida ma’lumot bergan edi.