Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021 yil yanvar oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan va mobil Internet tezligi bo‘yicha o‘sish qayd etildi.

2021 yil yanvar oyi ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan Internet tezligi (Fixed Broadband) bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkitta pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Yuklash bo‘yicha tezligi esa 34,62 Mbit/s mo tashkil etdi.

Mobil Internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatqich qayd etildi. 2021 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston yana ikkitta pog‘onaga ko‘tarilib, hozirgi kunda 128-positsiyani egallamoqda. Mobil Internet tezligi esa 12,94 Mbit/s ni tashkil etdi.


Ma’lumot uchun: so‘nggi ikki yil ichida Internet tezligi bo‘yicha umumjahon reytingida O‘zbekiston positsiyalari tobora yaxshilanmoqda.

Jumladan, so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda aniqlangan Internet tezligi 3 barovarga o‘sdi — 10,89 Mbit/s dan 34,26 Mbit/s gacha. 2020 yil yanvar oyida O‘zbekiston aniqlangan Internet tezligi bo‘yicha 104-pog‘onani egallagan bo‘lsa, 2021 yil yanvar oyida esa 94-o‘ringacha ko‘tarildi,