Noma’lum xaker Clubhouse tarmog’idagi bir nechta “xonalarni” buzib kirib, foydalanuvchilarning shaxsiy suhbatlarini boshqa saytga yo’naltirdi va to’gridan-to'gri efirga uzatildi. Bu haqida Clubhouse vakili Reema Bahnasy xabar berdi.
Bundan tashqari, Bahnasy ijtimoiy tarmoq bunday holatlarni oldini olish uchun chora tadbirlar joriy qilganini ta’kidlab o’tdi. Ehtimol, foydalanuvchilarga bir vaqtning o’zida qolishlari mumkin bo’lgan “xonalar” soni cheklanadi.
“Clubhouse suhbatlar uchun hech qanday maxfiylik bera olmaydi” — dedi Alex Stamos, Facebook xavfsizlik xizmatining sobiq boshlig’i.
Clubhouse bu — foydalanuvchilarning bir biriga obuna bo’lib, turli mavzuli “xonalarda” suhbatlar o’tkaziladigan audio ijtimoiy tarmoq. Loyiha 2020 yilda boshlangan bo’lib, shu vaqtgacha kapitalizatsiyasi $1 mlrd dan oshdi.
Nomalum shaxs platformani buzib kirishidan 1 hafta oldin, Clubhouse foydalanuvchilarning ma’lumotlarini tajovuzkorlar tomonidanog’irlab bo’lmasligini ta’minlash uchun choralarni ko’rayotganini xabar bergan edi.