“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan birgalikda Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi ko’magida yangi loyihani — “Raqamli avlod qizlari Forumi 2021"ni amalga oshirmoqda. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar beradi.

Mazkur loyiha AKT sohasiga qiziquvchi qizlarning g‘oya va tashabbuslariga ko‘mak ko‘rsatishga, ularni rag’batlantirishga qaratilgan.

Loyiha davomida tajribali mentorlar bilan 4 kunlik darslar hamda Microsoft, Facebook kabi ko’plab dunyoning yirik IT kompaniyalaridan xalqaro spikerlar bilan muloqotlar o‘tkaziladi.

Mazkur forumda ishtirok etish uchun ikki bosqichli saralash jarayonlaridan muvaffaqqiyatli o’tish lozim. Arizani ushbu havola yuborish mumkin: http://qizlar.raqamliavlod.uz/

Arizalar qabul qilish muddati: 25-fevral, 23:59.

Avvalroq Spot, Xorazmda 1000 nafar o’quvchi qizlarni tayyorlash bo’yicha yangi “TechBika” o’quv loyihasi joriy qilinganligi haqida yozgan edi.