2021-yilda Tojikiston ikki mamlakatga elektr energiyasi eksporti hajmini oshirishni mo’ljallamoqda. Bu haqida manbalarga asoslanib “O'zgidroenergo” xabar bermoqda.
Yakuniy matbuot anjumanida “Barki Tojik” davlat xolding rahbarining birinchi o’rinbosari Mahmadumar Asozoda ishtirokida Afg’oniston va O’zbekistonning mas’ul idoralari bilan elektr energiyasini yetkazib berish bo’yicha shartnomalar imzolandi.
Asozodaning so’zlariga ko’ra, hozirgi kunda Afg’onistonga har kuni 50 MVt elektr energiyasi eksport qilinmoqda. Aprel oyidan boshlab elektr energiyasini yetkazib berish hajmini 400−450 MVt ga yetkazish rejalashtirilgan.
“Elektr energiyasi Afg’onistonga ikkita elektr uzatish liniyasi orqali eksport qilinadi — 110 kV va 220 kV. 110 kV elektr uzatish liniyalari orqali yetkazib beriladigan elektr energiyasining narxi bir kilovatt uchun 3 sentni, 220 kV uchun esa 4,5 sentni tashkil etadi va yillik o’sishi 3 foizni tashkil etadi”, — deya ta’kidladi “Barki Tojik” kompaniyasi raisining o’rinbosari.
Asozodaning ta’kidlashicha, O’zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish mavsumiydir. Kelishuv doirasida respublika qo’shniga 1,5 milliard kVt / soat elektr energiyasini eksport qilmoqchi.
Oldinroq Spot, Tojikiston O’zbekistonga elektr energiyasiini eksport qilishni to’xtatganligi haqida xabar bergan edi.