Sirg’ali tumanining “Qumariq” mahallasi, Gagrin ko’chasi 48−5A manzilida oilaviy mehmon uyi tashkil etildi. Bu haqida Toshkent 24 kanalining reportajida ma’lumot beriladi.

Oilaviy mehmon uylarida 10 tagacha yotoqxonalarni ta’minlash ko’zda tutilgan. Uyning sohibi Madaminlarga oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reyestridan ko‘chirma taqdim etildi.

Bunday uylar faoliyatini yo’lga qo’yish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qaroriga asosan turizm faoliyati subyektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qator topshiriqlar asosida ko‘rsatib o‘tilgan.

Xabar berilishicha, bugungi kunda Respublika bo’yicha 1405 ta mehmon uylari mavjud. 2021-yilning oxiriga qadar yana 1000 ta oilaviy mehmon uylarni ochish rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot, Sergelida ilk oilaviy mehmon uyi faoliyat boshlagani haqida ma’lumot bergan edi.