2016 yildan O’zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan tarkibiy islohotlar iqtisodiyotdagi ko’plab samarasizliklarni bartaraf etdi, ammo asosiy va ijro etilish xavfini tug’diradigan eng qiyin islohotlar hali oldinda ekanligini ta’kidlaydi Moody’s Investors Service.
Yaxshilangan iqtisodiy siyosat, sud-huquq sohasidagi islohotlar va tashqi aloqalarni mustahkamlash ijobiy kredit reytingiga sabab bo’ladi va shu qatorda xavflarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
“Bugungi kunda O’zbekistonda davlat nazoratini yumshatish, davlat hukumatini isloh qilish va tashqi siyosatni qayta tiklash kabi harakatlar mamlakat reytingiga cheklov bo’lgan zaifliklarni bartaraf etadi”, — dedi Nishad Majmudar, Moody’s vitse-Prezidenti va tahlilchisi.
Shu bilan birga, ichki iqtisodiyotni xususiy va xalqaro raqobat uchun ochish iqtisodiy buzilishlarga sabab bo’lishi mumkin. Agar bozor islohotlarining taqsimlovchi ta’sirlar e’tiborga olinmasa, ijtimoiy barqarorlik xavf ostida bo’lishi mumkinligini qo’shib qo’ydi Majmudar.
Ichki iqtisodiyotni raqobatga ochish uchun quyidagi harakatlar amalga oshirildi:
- Hokimiyat narxlarni nazorat qilishni bekor qildi.
- Chet el valyutasini sotib olishdagi cheklovlar olib tashlandi.
- Qishloq xo’jaligi va yer islohotlar amalga oshirildi.
- Sud tizimini qayta qurish jarayoni boshlandi.
Uzoq muddatda, O’zbekiston yanada murakkab va sezgir islohotlarga, shu jumladan korruptsiyaga qarshi kurashish va hukmronlik qiladigan va raqobatdan himoyalanadigan 500 dan ortiq davlat korxonalarini xususiylashtirishni o’z ichiga olashi rejalashtirilmoqda.
O’zbekistonning davlat qarzi 2023-yilgacha o’sishda davom etsada, u B1 kredit reytingidan past bo’lib qoladi. Davlat qarzining o’sishi valyuta kursining ko’tarilishiga bog’liq bo’lishi mumkin, chunki umumiy davlat qarzining 90% chet el valyutasida va bank sektorining katta qismi dollar valyutasida ish yuritadi.