Spotify — musiqaviy striming xizmati 85 ta yangi bozorga kirib borishi haqida xabar berdi. Ular orasida O’zbekiston ham bor. Bu haqida kompaniya e’lonida yozilgan.
Xizmatga foydalanish uchun yangi 36 ta til qo’shiladi. Ishga tushirish ishlari yaqin kunlarda bo’lishi kutilmoqda.
“Spotify xizmatidan hozirda dunyoning qariyb yarmi foydalanadi, ammo hali ham ushbu dasturga kirish imkoniga ega bo’lmagan millionlab yaratuvchilar va milliardlab tinglovchilar bor”, — dedi bosh direktor Daniel Ek.
Yangi davlatlarda pullik va bepul tariflarga obuna bo’lish mumkin. Ba’zi bozorlarda esa individual, oilaviy, talabalik va ikki kishilik tariflar taqdim etilgan.
O’zbekiston va dunyoning boshqa davlatlariga Spotify global katalog taqdim qiladi, Shuningdek, kompaniya mahalliy nazorat tarmoqlari bilan aloqalarni yo’lga qo’ymoqchi. Bu esa xizmatda ko’plab mahalliy musiqalar va mualliflar bo’lishiga yo’l ochadi.
Ma’lumot uchun: Spotify Shvetsiya musiqaviy xizmati hisoblanib, 2006-yildan buyon hozirgi kungacha 120 ta davlat bozoriga kirib borgan. Uning katalogida 50 mlndan ortiq qo’shiq bor va o’zining maxsus maslahat tizimi bilan ajralib turadi.