Toshkent shahrida yangi nodavlat Diplomat University ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada xabar beriladi.
Yangi universitet axborot texnologiyalar, iqtisodiyot, yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar kabi yo’nalishlarda kadrlarni tayyorlaydi.
O’quv muassasasi Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan bo’lib, ta’lim tizimi o’zbek, ingliz va boshqa tillarda olib boriladi.
Ushbu o’quv muassasi tashkil etilishini 2020 yilda Diplomat International School MChJ taklif bergan.
Xabar berilishicha universitetga The Times Higher Education Top-1000 reytingiga kiritilgan chet el universitetlarining O’zbekistondagi filiallarini ochish imkoniyati berishi va shu qatorda 2022-yil 1 avgustgacha archa turdagi soliqlardan ozod qilinishi kutilmoqda.