Prezident “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni imzoladi. Bu haqida O’zA agentligi xabar beradi.

Qarorga ko’ra, 2023-yil 1- martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibini joriy qilindi.

Shuningdek:

  • “NBU” Uzex orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi;
  • sotiladigan qimmatbaho metall bo‘yicha NKMK va OKMK bilan hisob-kitoblar to‘lov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi;
  • marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi;
  • Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash va yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;
  • 2021-yilda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar NKMK va OKMK tomonidan birja savdolari orqali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladigan qimmatbaho metallar hajmi doirasida ajratiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “NBU” ga $30 mln mablag' 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida mablag‘ yo‘naltiriladi.

“NBU” bank tomonidan belgilangan mablag‘lar hisobidan tadbirkorlarga keraklig asbob-uskuna, ehtiyot qismlari va xom ashyo xarid qilish, aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratiladi.

Qarorning batafsil shakli bilan ushbu havolada tanishish mumkin.