O‘zbekistondagi Škoda brendini taqdim etuvchi “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ buyurtma asosida ŠKODA KODIAQ komplektatsiyasini tanlab yig‘ish imkoniyatini beradi. Bu haqida “O'zavtosanoat” matbuot xizmati xabar beradi.

ŠKODA KODIAQ — bu Chexiya brendining to‘liq o‘lchamdagi yo‘ltanlamas avtomobilidir.

O‘zbekistonda ushbu model ikkita komplektatsiyada taqdim etilgan: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style. Model to‘liq privodli bo‘lib, 320 Nm aylanish momentiga ega 2,0 litrli turbomotor, va so‘nggi avlodningetti pog‘onali DSG uzatmalar qutisi, hamda panoramali lyuk bilan jihozlangan.

O‘zbekistonda Chexiya brendining xaridorlari 70 dan ortiq opsiyadan iborat boy katalogni tanlab, o‘z avtomobillarini yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, hususan:

  • informatsion va o‘yin-kulgi tizimlari;
  • faol va passiv xavfsizlik funksiyalari;
  • yo‘lovchilar uchun qulay opsiyalar;
  • Qishki to‘plam;
  • Ichki tafsilotlar.

Yangi ŠKODA KODIAQ’da bundanda ko’proq funksiyalar bo’lishi mumkin. Ularning o’rnatilishini olayotgan mijoz belgilaydi.