Davlat soliq qo’mitasi rahbari Sherzod Qudbiyev Toshkentda tadbirkorlar bilan “obnal firma"lar to’g’risida uchrashuv o’tkazdi. Bu haqida qo’mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qo’mita rahbari bunday firmalar tadbirkorlikni birinchi va yagona dushmani ekanligini qat’iy ta’kidlab o’tdi. Bunga sabab ular nosog’lom muhitni yaratish orqali soliq to’lovchilarga va tadbirkorlarga zarar yetkazadilar.
Rahbarning so’zlariga ko’ra “obnal firma"larga qarshi kurash davom etadi va orqaga qaytish yo’q. Noqonuniy harakatlar bo’yicha to’plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga jo’natilgan.
“Bu kurash bir ikki marta bo’ladi xolos deb hech kim o’ylamasin. Bu endi hech qayerga ketmaydigan tizimli ishdir” — ta’kidladi Sherzod Qudbiyev.
Bugungi kungacha aniqlangan 396 ta “shubhali” korxonalar soni yana 129 ta bilan to’ldirilganligiga va bundan keyin QQSni qoplash miqdorini bekor qilishning yangi to’lqinlari paydo bo’lishiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, “obnal firma"larning hayoti ancha pasayganini (300−400 million so’mdan yopilmoqda) va 300 millird so’mlik hisob-kitoblar borligi aytib o’tildi.
DSQ rahbari 2−3% hollarda soxta bitimlar tuzilganligi tasdiqlanmaganligini tan oldi va bu summalar tadbirkorlarga tezkor tarzda qaytarilishi kafolatladi. Ayni paytda ushbu holatlarning aksariyati (95% dan ko’prog’i) tasdiqlangan.
Uchrashuvda bir necha tadbirkorlar to’liq bo’lamasa ham, ma’lum miqdordagi moliyaviy yordam so’rashdi.
QQS summalarini hisob-kitob qilish uchun noqonuniy ravishda qabul qilganligi sababli qarz bo’lgan tadbirkorlarga olti oyga bo’lib to’lash huquqi beriladi deya javob berdi Sherzod Qudbiyev.
Amnistiyaga keladigan bo’lsak, soliq qo’mitasining vakolatlari cheklangan va bundan tashqari, noqonuniy xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik to’g’risida savol tug’ilmoqda.