Brent nefti narxi 2021 yilning oxirigacha $70 dan va keyingi bir necha yil orasida $100 dan oshishi mumkin. Bu haqida Bank of America xisobotiga tayanib Reuters xabar beradi.
2020 yilda COVID-19 pandemiyasi sababi bilan neftning narxi keskin tushgan edi.
Ammo dunyoning iqtisodiy asoslarining yaxshilanishi va ko’plab davlatlarda moliyaviy rag’banlashtirish dasturlari tufayli bu xolat yaxshilanishi kutiladi. Shu qatorda Brent narxi ko’tarilishi kutilmoqda. Bunga sabab Texasdagi g’ayritabiiy sovuq ob-havo tufayli OPEK+ nefti ishlab chiqarish cheklanishi va bozorga yetkazib berish qisqartirilgani bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda Brent narxi 0,4% ga ko’tarilib $65,51 ni tashkil etdi va prognozlarga qaraganda 2021 yilning ikkinchi yarmida $70 ga ko’tariladi.
Narxlarning o’sishi faqatgina AQSh banki tomonidan emas, balki Socar Trading SA (Ozarbayjon) kompaniyasi tomonidan ham prognoz qilinmoqda. Uning fikricha naxlar $100 yoki undan oshib ketishi mumkin.
O’zbekiston va neft
Qimmatbaho neft bir nechta yo’llar orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularning asosiylaridan biri bu eksport.
Neftning narxi oshishi so’m kursining xalqaro valyutalar bozorida susayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa mahalliy eksportchilar mahsulotlarini Rossiya bozorida arzonlashtiradi va ularning daromadlarini ko’payishiga olib keladi.