Markaziy bank o’zining telegram kanalida o’z nomiga ochilgan bank kartalarini uchinchi shaxsga topshirmaslik haqida ogohlantirdi.
Unga ko’ra, ayrim fuqarolar bankda o’z nomida ochilgan kartalarni ma’lum pul evaziga uchinchi shaxsga berayotganlik holatlari kuzatilgan. Buning oqibatida ushbu kartalar orqali tavakkkalchilikka asoslangan o’yinlar, katta miqdordagi hisob-kitoblar va noqonuniy pul aylanmalarini amalga oshirish uchun foydalanilgan.
Bundan tashqari bank kartalari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishda ham foydalanish mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.
Avvalroq Spot, Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo’llaganligi haqida yozgan edi.