Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola korxonasini xususiylashtirish bilan bog’liq savollarga aniqlik kiritdi.

Agentlikda aytilishicha bu qadar yirik kompaniyalarni aktivlarini sotish xalqaro amaliyotida qo’llanadigan usullar orqali amalga oshiriladi. 2020 yil 16 dekabrda sotish to’g’risidagi e’lon berilgan bo’lib, 2021 yil 15 yanvarga qadar takliflar qabul qilingan.

E’lon berilgandan so’ng, ijtimoiy tarmoqlarda hammani qiziqtirgan “daromad keltirib turgan Coca-cola korxonasini sotishdan davlatga qanday naf” degan savol keng tarqalib ketdi.

Agentlikda aytilishicha, The Coca-Cola (AQSh) kompaniyasi O’zbekistondagi korxonani ikkinchi mulkdori hisoblanadi va xususiylashtirish brend egasini davlat ulushini sotish bo’yicha moliyaviy va yuridik maslaxatlarining takliflariga asosolangan.

“Bu holatni oddiy qilib aytganda, bir restoranni ikki kishi boshqarganidek taqqoslash mumkin, aytaylik biri bino egasi, biri ish yurituvchi bo’lsin. Bir-birisiz ish yurita olmasligi oddiy haqiqat” — deya ta’kidlab o’tishdi agentlikda.

Shu o’rinda davlat faqat strategik ahamiyatga ega, ya’ni tabiiy monopoliya, mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadida faoliyat yuritadigan korxonalarga egalik qiladi.

Ma’lum bo’lishicha, davlat ulushi bugungi dunyo bozori narxlarida sotilishi, kamida 30 yil davomida oladigan dividend summasi bir vaqtning o’zida byudjetga tushishi demakdir.

Xusuiylashtirishdan kelib tushadigan mablag’llar esa, muhim ijtimoiy — iqtisodiy loyihalar va byudjet xarajatlarini amalga oshirishga yo’naltiriladi.

Avvalroq Spot Coca-Cola korxonasining xususiylashtirish jarayoni qanday olib boriliyotganini yozgan edi.