Huawei o’zining shaxsiy elektromobillarini ishlab chiqarmoqchi. Bu haqida Reuters xabar beradi. Unga ko’ra avtomobillarning bir nechta modeli joriy yilda chiqishi rejalashtirilgan.
Buni amalga oshirish uchun Huawei Xitoyning Changan Automobile va BluePark New Energy Technology kompaniyalari bilan muzokaralar ketmoqda.
Ma’lumot uchun: Changan Automobile korxonasi Jizzax viloyatida zavod qurilishi haqida Spot ma’lumot bergan edi.
Kompaniya o’zining rivojlanish strategiyasini o’zgartirmoqchi. Chunkli AQSH tomonidan qo’yilgan sanksiyalar uni mobil qurilmalar ishlab chiqarishdan boshqa tizimga o’tishga undamoqda.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda AQSH Adliya vazirligi Huaweini savdo sirlarini o’g’irlashda ayblab qora ro’yxatga kiritgan edi. Shundan so’ng Google xizmatlari Huawei smartfonlaridan olib tashlandi.
Faoliyatini davom ettirish uchun Huawei tarkibida bo’lgan Honor ajralib chiqdi va Google xizmatiga ega qurilmani ishlab chiqarishi haqida Spot xabar bergan edi.