Elektron tijorat sohasida bir nechta katta o’zgarishlar rejalashtirilmoqda. Bu Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada ko’rsatilgan.

Loyiga ko’ra, elektron xo’jalik yurituvchilar (chet el yuridik shaxslar bundan mustasno) tovar yoki xizmatlarni elektron savdosini amalga oshirish faoliyatini boshlagani to’g’risida soliq organlarini xabardor qilishi lozim bo’ladi.

Har bir sotuvchiga maxsus unga tegishli raqamli kod beriladi. Ushbu raqamli kod elektron tovar yoki xizmatlarni savdosini amalga oshirgan shaxslarni aniqlash uchun qo’llaniladi.

Mamlakatdagi barcha elektron savdo-sotiq yagona Milliy reyestri bazasidagi E-Trade axborot platformasi orqali amalga oshiriladi. Platforma elektron savdo ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish va xisobini yuritish, xaridorlarning shaxsiy kabinetini ochish kabi vazifalarni bajaradi.

Elektron savdo qiladigan subyektlarga foyda solig’i aylanmasidan soliq bo’yicha stavkalarni 50% kamaytirish imtiyozi beriladi. Yosh tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib va bo’lib bo’lib to’lash imkoniyati taqdim etiladi.

Ushbu loyiha elektron tijoratda amalga oshiriladigan operatsiyalarni hisobga olish va monitoring qilish, soliq ma’muriyatlrini raqamlashtirish kabi natijalarni berishi rejalashtirilmoqda.

Spot bundan oldin mamlakatda yagona elektron tijoratni boshqarish axborot platformasi haqida yozgan edi.