Toshkentda yaponining IT maktabi ochiladi. bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
Yaponiyaning Beeanz korporatsiyasi ham xuddi shu yo‘nalishda faoliyat olib boradi, hozirgacha ular Zarafshon shahri va Yangiyo‘l tumanida IT maktablarni ishga tushirdilar. Endilikda esa bunday maktabni Toshkent shahrida qurish rejalashtirilmoqda. Taklif O’zbekiston tomonidan ma’qullandi.
Shahar hokimi bilan bo’lgan uchrashuvda Noritsuisu kompaniyasi mutasaddilari esa tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, Yaponiyaning Yosh tadbirkorlar palatasi bilan hamkorlikda forum tashkil qilishni bildirdi.
Shu bilan birga, ofis stullarini ishlab chiqarish kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini qayd etib, Toshkentda mazkur yo‘nalishda qo‘shma korxonani ochish, xavfsizlik sohasida ahamiyatli bo‘lgan ID kartalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda kosmetika va media yo‘nalishdagi tadbirkorlar ham ishtirok etib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda ishlash yuzasidan takliflar aytilgan.