Oylik bu pul topishning yagoni usuli emas. Ayniqsa dasturchi sifatida, daromadni ko’paytirish uchun juda ham ko’p yo’llar mavjud. Spot bu sohadagi daromadli saytlar ro’yxatini to’pladi.
Raqamli mahsulotlar sotish
Bunday mahsulotlarga har xil pluginlar, componentlar, temalar kirishi mumkin. Masalan, yaxshi wordpress themalarini $50 dan $100 atrofida sotishingiz mumkin: https://wordpress.com/themes/premium.
SaaS (Software as a Service) qurish
Boshqalar foydalana oladigan and pul to’lashga rozi bo’ladigan kichik bir mahsulot yaratish. Masalan, https://www.copy.ai/ marketingga bog’liq tekstlarni avtomatik tarzda yozib beruvchi mahsulot. Yoki https://builtwith.com/ kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma’lumot beruvchi mahsulot. Ikkalasini ham ishlatadiganlar oyiga yoki yiliga pul to’laydi.
Blog yuritish
Agar ko’plar o’qiydigan blog yarata olsangiz, reklamalar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo’ladi. Yoki realpython.com ga o’xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz, ular sizga har bir post uchun $200-$300 atrofida pul to’laydi.
Onlayn Kurslar yaratish
Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko’p. Udemy, Educative.io, testdriven.io, gumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.
Open Source
Agar sizda ko’pchilik foydalanadigan Open Source loyihangiz bo’lsa Github Sponsors va Patreonga o’xshagan platformalar orqali homiylik qiladiganlarni topishingiz mumkin.