Davlat statistika qo’mitasi 2021-yilning 1-yanvar sanasiga ko’ra, O’zbekiston xalqaro moliya tashkilotlaridan $21 mlrd miqdoridagi qarzi mavjudligi aniqlangan.
Birinchi o’rinda Osiyo taraqqiyot banki — $5 mlrd,ikkinchi o’rinda Jahon banki — $3,7 mlrd, uchinchi bo’lib Xitoy Eksimbanki — $2 mlrd miqdoridagi kreditni O’zbekistonga ajratgan. Dastlabki beshlik qatoriga $2 mlrddan Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi hamda Xitoy davlat taraqqiyot banki kirdi.
Umumiy hisobda, O’zbekistonga xalqaro investorlar tomonidan $1,7 mlrd miqdordagi qarz berilgan. Jumladan, Islom taraqqiyot banki $0,9 mlrd va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan bir qatorda boshqa banklardan $0,4 mlrd qiymatidagi kredit to’lovlari mavjud.
Bundan tashqari, boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan $2,4 mlrdlik qarzi mavjud.