2020-yil sentyabrda Moliya vazirligi va DSQ tomonidan “Alkogol' maxsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko’ra alkogol mahsulotlarining narxi o’tgan yilning 1-oktyabr kunidan kuchga kirishi kerak edi.
Ammo o’zgartirish kiritilib, o’zgartirishlar 2021-yilning 15-martidan boshlab kuchga kiradi. Bu haqida regulation.gov.uz muhokamaga qo’yilgan qarorda xabar beriladi.
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
Sotilayotgan tovar nomi | Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi | Eng kam chakana narx |
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida | 11 200 | 13 200 |
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida | 41 200 | 49 400 |
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida | 28 600 | 34 400 |