Spot inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari ishga tushganligi haqida yozgan edi. Hozirda bu dastur doirasida asoschilarga yordam beradigan trekerlar kerak, deya IT Park yozmoqda.
Treker:
Startaplarga mahsulot yaratishda, uni sinovdan o‘tkazishda va shu kabi vazifalarni bajarishda ko‘mak ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Trekerning vazifasi — startapga bor e’tiborini qaratgan holda, unga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari davomida iloji boricha ko‘proq rivojlanishiga yordam berish.
Potensial trekerga qo‘yiladigan talablar:
- Texnologik kompaniyada o‘rta yoki yuqori rahbar lavozimida kamida 3 yil ish tajribasi;
- Rus va o‘zbek tillarini bilish (ingliz tili ixtiyoriy);
- Startaplar bilan ishlash tajribasi.
IT Park sizga:
- Strategik menejment hamda “advising” bo‘yicha malakangizni oshirish;
- Haqiqiy startaplar ustida ishlash orqali tajribangizni orttirish;
- Katta talabga ega yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini taklif qilamiz.
- Dastur yakunida eng yaxshi trekerlar taqdirlanadi.
Ro’yxatdan o’tish shu yerda.