Xitoy kompaniyasi Tuyabo‘g‘iz suvomborida dam olish maskanini tashkil etadi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi sayti xabar beradi.

Investor kompaniya sifatida “LINYI INVESTMENT GROUP” loyihani moliyalashtiradi.

Yetti gektar maydonda bunyod etilishi ko‘zda tutilgan maskanda mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega sharoit yaratiladi.

Mazkur loyihaning birinchi bosqichida 2,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 100 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Suv omborining atrofi yozning chillasida oilaviy dam olib, hordiq chiqarish uchun juda qulay. Unda sayyohlar uchun ekoturlar, suv sporti bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratish rejalashtirgan.

Shuningdek, Qibray tumanidagi 36 gektar bog‘da ekoturizm loyihasini ishga tushirish yuzasidan takliflar bildirildi. ushbu loyihaning qiymati 1 million AQSH dollari miqdorida bo‘lib, 50 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan.