01
Nima haqida gap?
O’zbekistonda investitsiya va tejashning yangi vosita paydo bo’ldi — oltin quymalar. 2020 yilning noyabr oyidan boshlab ularni mamlakatning istalgan hududida banklardan sotib olish mumkin. Quymalar vazni 5, 10, 20 va 50 gramm bo’lib, sof 999,9 oltindan tayyorlangan.
02
Oltin quymalarni nima uchun sotib olishadi?
Investitsiya va tejash maqsadida. 2020 yozda oltin narxi bir necha marotaba rekordlarni yangiladi. Sabab — bu ishonchli aktivga kuchli bo’lgan talab. Qo’shimcha ravishda oltinni odatda tejashni diversifikatsiya qilish uchun sotib olinadi.
03
Quymalarni qayerda sotib olish mumkin? Narxi qancha?
Quymalarni banklardan sotib olish mumkin. Ularning manzillari bu erda. Narxlar har kuni o’zgaradi va Markaziy bank veb-sahifasida ko’rsatiladi. Quymalar uchun har qanday shaklda to’lash mumkin. O’zbekistonda, boshqa mamlakatlardan farqli o’laroq, quyma sotib olayotganda, QQSni alohida to’lash shart emas va banklar komissiya olmaydi. Banklar tomonidan quymalarni sotish va sotib olish narxlari bir xil.
04
Ularni qayerda va qanday saqlash kerak?
Bu juda muhim masala, chunki bitta tirlanish quymaning narxini keskin pasaytirishi mumkin. Agan bu holat yuz bersa, bank sotib olish jarayonida yangi narxni aniqlash uchun texnik ekspertiza o’tkazadi. Oltin himoya qodiqlarida sotiladi, shuning uchun ularni uyda ham saqlash mumkin. Saqlashning yana biy qulay shakllaridan biri bu bank — deyarli barchasida alohida seyflar ijaraga olish mumkin. Narxi seyf o’lchamiga bog’liq, quymalarga 125 mm va undan kattaroq mos keladi, ularning narxi — 10 000 so’mdan boshlanadi.
05
Qadoqni ochish mumkinmi?
Agar keyinchalik ushbu quymani sotish rejalashtirilgan bo’lsa, unda ochish kerak emas. Qadoqda bir nechta himoya elementlari mavjud — kriptoprint (agar qadoq ochilgan bo’lsa, yuzada paydo bo’ladi), himoya membranasi (ochilganda rangini o’zgartiradi). Bundan tashqari, har bir quyma raqamlangan, shuningdek qadoqda QR kod mavjud.
06
Keyinchalik ularni qanday sotish mumkin?
Quymani banklarga sotish mumkin. Banklar buzilmagan quyilmalarni darhol to’lash orqali sotib oladi.
07
Oltin quymalarning narxlari qancha?
Hozirgi kunda (4 mart, 2021) oltin quymalarining narxi quyidagicha:
- 5 gramm — 3 207 000 so’m
- 10 gramm — 6 412 000 so’m
- 20 gramm — 12 710 000 so’m
- 50 gramm — 31 775 000 so’m
Keyinchalik narx o’zgarishi mumkin va Markaziy bank veb-sahifasida va telegram sahifasida joylashtiriladi.