IT Park o’z jamoasiga dasturchilarni qidirmoqda. Nomzoddan talab etiladi:
- Frontend dasturlashda 2 yildan ortiq tajriba;
- HTML5, CSS3 (SCSS, Bootstrap, Grid, Flexbox, Adaptive/Responsive design, Crossbrowser) yaxshi bilish;
- JavaScript dasturlash tilini yaxshi bilish;
- WebGL’ni (Three.js) yaxshi bilish;
- Vue JS’ni yaxshi bilish;
- vazifalarni yetarli darajada baholash va ularni o‘z vaqtida bajarish;
- PHP/Laravel, Python’nidasturlash tillarini bilish.
IT Parkda ishlash orqali nima olish mumkin:
- mamlakatning eng yirik tashkilotida ishlash imkoniyati;
- keng ko‘lamli IT loyihalar;
- mo‘may maosh;
- eng yaxshi hamkasblar;
- rivojlanishingiz uchun ko‘mak;
- choy/kofe, PS4, Nintendo Switch va shirinliklar.
Avvalroq Spot, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi uchun trekerlarni qidirayotganligi haqida yozgan edi.