“Guliston ekstrakt yog‘"ning davlat ulushi birja savdolariga chiqarildi. Bu haqida Toshkent RFB rasmiy xabar beradi.
Prezidentining 27.10.2019 yildagi PF-6096-sonli Farmoni hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyati xududiy boshqarmasining tegishli buyrug‘iga muvofiq “Guliston ekstrakt yog‘” AJ ustav fondidagi 58,9 foiz davlat aksiyalari birja savdolariga chiqarildi.
Aksiyalar soni — 290 796 dona oddiy. Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi — 357 074,08 so‘m. Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi — 103 835 714 167,68 so‘m.
Savdo tashkilotchisi — “Toshkent RFB” bo’lib, Lotlar soni — 1 tani tashkil etadi.
Talabgorlar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, NEGO- maydonchasi orqali uz takliflarini berishlari mumkin. Birja savdolari eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.