“SpaceX” birinchi marotaba Marsga parvoz qilish uchun moljallangan “Starship” prototip raketani muvaffaqiyatli qo’ndirishga erishdi. Sinov parvozi kompaniyaning YouTube sahifasida jonli efir ko’rinishida namoyish etildi.

Oxirgi sinov davomida raketaning prototipi 10 km balandlikka ko’tarilib, qo’nish maydoniga tushishga erishdi. Ammo, u bir necha daqiqalardan so’ng portladi. Kompaniyada buning sababi raketa yoqilg’isining ko’pligi deb izohlandi.

Bu “Starship"ning uchinchi uchishi edi. Avvalgi ikki marotaba prototip qo’nish jarayonida portlagan. Ilon Mask sinovlarning muvaffaqiyatli o’tganini va “Starship SN10” xavfsiz qo’nganini ta’kidlab o’tdi.

“Starship” — kosmik kemasi va o’ta og’ir raketadan iborat kompleks. U Oy va Marsga bo’lajak parvozlarda 100 ga yaqin odamlarni va 90 tonna yukni tashish uchun mo’ljallangan.

Avvalroq Spot, SpaceX kompaniyasining qiymati $74 mlrdgacha oshganligi haqida xabar bergan edi.