“Citi” mutaxassislarining fikricha, bitkoin hozirda murakkab vaziyatda. U kelajakda xalqaro savdo uchun tanlangan valyuta bo’lishi mumkin, chunki “Tesla” va “PayPal” kabi kompaniyalar unga investitsiya kiritishmoqda. Bu haqida Cnbc xabar beradi.
“Bitcoinning kelajagi hali ham noaniq, ammo yaqin kelajakdagi o’zgarishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Valyuta hozirgi kunda ommaviy qabul qilinish va sinish o’rtasida” — dedi AQSh bankining global istiqbollari va yechimlar jamoasi.
So’nggi bir necha oy ichida bitkoinning ko’tarilishi “Wall Street"ning katta ishtirokchilarini kripto valyutasini qayta baholashga majbur qildi.
AQShning eng qadimgi banki “BNY Mellon” o’tgan oy bitkoin va boshqa raqamli valyutalarni saqlash xizmatlarini taklif qilishini aytdi. Shu qatorda, “JPMorgan” bitkoin jiddiy ko’rinishga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Bankning fikricha, kripto aktiv ommaviy to’lov vositasi o’rnini egallashi uchun, bir nechta to’sqinlarni bosib o’tishi kerak. Bular qatoriga, kapital samaradorligi, sug’urta va saqlash, xavfsizlik va “ESG"ni bitkoin qazib olish bilan bog’liq masalalar kiradi.
Avvalroq Spot O’zbekistonda bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bilan vaziyat haqida yozgan edi.
Citi (Citibank) — Moliyaviy xizmatlar kompaniyasi.
BNY Mellon — Korporativ investitsiya bank kompaniyasi.
JPMorgan — Investitsiya bank kompaniyasi.
ESG — Atrof-muhit, ijtimoiy va hukumatga bog’liq standartlar.