Gruziya hukumati fuqarolari havo yo’llari bilan kirishi mumkin bo’lgan davlatlar ro’yxatini kengaytirdi. Bu haqida mamlakat birinchi kanali xabar beradi.
O’zbekiston fuqarolari Gruziyaga 1 martdan boshlab tashrif buyurishlari mumkin. Asosiy shartlardan biri bu — parvozdan oldin 72 soat oralig’ida COVID-19 uchun salbiy PCR testi topshirilgan bo’lishi kerak.
Mamlakatda bo’lishning uchinchi kunida ikkinchi sinovni o’tkazish ham asosiy shartlardan biriga kiradi.
Gruziya, shuningdek, havo yo’li bilan (qaysi davlat bo’lishidan qat’iy nazar) kelgan emlangan yo’lovchilar uchun barcha sayohat cheklovlarini bekor qildi, ammo mamlakatda 21:00 dan 5:00 gacha sayohat cheklovlari davom etmoqda.