Fix Price chakana savdo tarmog’i IPO o’tkazishi haqida oldinroq Spot ma’lumot bergan edi. Endilikda riteylning IPO o’tkazish sanasiga aniqlik kiritildi.

Joylashtirish 2021-yilning 10-martidan boshlanib, kompaniya $2 mlrdgacha mablag' topishi mumkin. Bozor kapitalizatsiyasi esa $8,3 mlrd atrofida bo’lishi kutilmoqda.

Joylashtirish miqdori yuqori talab tufayli 170 milliondan 178,37 mlnga oshirildi. Shuningdek, qo’shimcha ravishda chiqarilgan 25 mln xalqaro depozitar kvitansiyalar joylashtirishgacha bo’lgan muddatda “Opsion” shaklida taqdim etiladi. Bitta XPK bitta aksiyaga teng nisbatda bo’ladi.

Kompaniya FIXP tikeri ostida savdoga chiqariladi. XDK uchun ariza bergan investorlar shartli ravishda London birjasida 5-martdan savdo qilishlari mumkin.

Tarmoqning ma’lumot berishicha, IPO natijasida unda QIA, BlackRock, GIC и APG kabi yirik investorlar paydo bo’ladi. Ular $475 mln hisobidagi aksiyalarga ega bo’ladilar. Fix Price asoschilari esa o’zlarida katta ulushni qoldirmoqchi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yilda $190,1 mlrd daromad ko’rgan. Sof foyda esa $17,6 mlrdni tashkil etadi.