Neftning narxi 5% ga o’sib, 67$ dan oshdi. Buning asosiy sabasi OPEC+ mamlakatlarining neft qazish bo’yicha cheklovlarni aprel oyigacha cho’zilishi bo’ldi. Bu haqida Bloomberg xabar beradi.

Shu qatorda, Saudiya Arabisto o’z ixtiyori bilan qazib chiqarishni kuniga 1 million barrelga qisqartirishni aprel oyigacha uzaytiradi. Dastlab Ar-Riyod cheklovni martgacha saqlab qolishni rejalashtirgan edi.

Cheklovlarning asosiy sababi COVID-19 deya ta’kidlaydi mamlakatlar. Pandemiya davridagi inqiroz tufayli neftga talab o’zgaruvchan bo’lib qolayotganligi bilan bog’liq. Mutaxassislar noaniqlik va yangi koronavirus turlari bilan bog’liq xavflarni ko’rsatib, ehtiyot bo’lishga chaqirishdi, deb yozadi Reuters.

2021 yilning boshidan buyon OPEC+ cheklovlari neft narxini 60$ dan balanga ko’tarilishiga asosiy sabablardan biri bo’lgan edi.

Avvalroq Spot neftning narxi 100$ dan oshishi kutilmoqdaligini yozgan edi.


OPEC+ mamlakatlari qatoriga Ozarbayjon, Bahrayn, Bruney, Qozog’iston, Malayziya, Meksika, Ummon, Rossiya, Janubiy Sudan va Sudan kiradi.