Qozog’iston Sog’liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi rahbari Abduhakim Xadjayevni O’zbekistondagi farmatsevtika korxonalaridan birida Qozog’istonning QazCovid-in vaksinasini ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rib chiqishga taklif qildi. Bu haqida Kursiv.kz xabar beradi.
Qozog’iston Bosh vaziri o’rinbosari Erali Tug’janov o’zbekistonlik hamkasblarini Qozog’istonning yuqori texnologik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi yetakchi tibbiyot markazlariga tashrif buyurishga, birlamchi tibbiy yordam muassasalari darajasida axborot texnologiyalarining joriy etilishi, shuningdek, farmatsevtika ishlab chiqarishi bilan tanishishga taklif qildi.
“Biz epidemiyaga qarshi kurashda sheriklikni faollashtirishni, bunday holatlarga tezkorlik bilan javob berish nuqtai nazaridan samarali o’zaro aloqalarni yaratishni, shuningdek, mavjud epidemiya holati va uni barqarorlashtirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida doimiy ma’lumot almashishni yo’lga qo’yishni taklif qilamiz”, deb ta’kidladi Soy.
Ma’lumot uchun, Spot Qozog’istonda 1-fevraldan boshlab Rossiyaning “Спутник V” vaksinasini ishkab chiqarishni boshlashi haqida xabar bergan edi. Uning samaradorligi 95% deya belgilangan.
Zavod ikki smenada ishlaydi. Qozog’istonda ishlab chiqarilgan “Спутник V” vaksinasi allaqachon ikkinchi toifadagi fuqarolarni: o’qituvchilar va politsiya xodimlarini emlash uchun hududlarga yetkazilgan.
Mart oyida 150 ming dozani chiqarish rejalashtirilgan, aprel va may oylarida ishlab chiqarish 600 ming vaksinaga yetkaziladi.