Markaziy bank “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Wyeyek) doirasida yoshlar o‘rtasida “O‘zingni va pullaringni asra” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Ishtirokchilarning vazifasi — quyidagi mavzulardan birini tanlab, qisqa videorolik tayyorlash:

  • ️"Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish";
  • ️"Raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish".

Videorolikka qo‘yilgan texnik talablar:

  • ️tanlov mavzularidan biriga mos kelishi kerak;
  • ️video tili: o‘zbekcha yoki ruscha;
  • ️davomiyligi: 1 daqiqagacha;
  • ️formati: MP4 h264.

Tanlov ishlari joriy yil 20-martga qadar konkurs.cbu@gmail.com (xat mavzusini “Global Money Week tanlovi” deb nomlang) yoki tashqi xotira qurilmalari orqali qabul qilinadi. Ikkala nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlar tanlov hay’ati tomonidan aniqlanadi.

Tanlov natijalari joriy yil 27-mart kuni e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi:

  • 1 -o‘rin — elektron kitob
  • 2- o‘rin — smart soat
  • 3- o‘rin — hard disk

Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishing.