Xitoy iqtisodiyoti asta-sekin jahon hukmronlik sari intilmoqda va bu mamlakat karantindan muvaffaqiyatli chiqib, pandemiya davrida o’sgan yagona yirik iqtisodiyotdir. Bu haqida Bloomberg xabar beradi.
Uning global ishlab chiqarishdagi ulushi so’nggi o’n yilliklardagi eng yuqori sur’atlarda o’sdi, demak u dunyoning eng yirik iqtisodiyoti sifatida AQShni kutganidan tezroq ortda qoldirishi mumkin. “Brukings” instituti hisob-kitoblariga ko’ra, u 2028-yilda birinchi o’rinni egallashni maqsad qilib qo’ygan.
Virusning tez yengilishi zavodlarga ishlab chiqarishni davom ettirishga imkon berdi. Butun dunyo karantin choralarini ko’rganda, Xitoyda bu holat tugagani, yuz maskalaridan boshlab noutbuklarga qadar bo’lgan tovarlarni barchasini eksporti o’sishiga yordam bergani haqida xabar berilgan edi.
Shu qatorda davlat pandemiya tugashi tufayli quyidagi natijalarga erishdi:
- 2020-yilda dunyodagi eng yirik to’g’ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi sifatida AQShni ortda qoldirdi.
- Dunyodagi eng yirik kompaniyalar, “Fortune 500” ro’yxatida daromadlari bo’yicha Xitoyda AQShga qaraganda ko’proq firmalar mavjud edi.
- Yevropa ittifoqing eng yirik savdo hamkori maqomini egalladi.
Raqamlar:
- 14,5% — Xitoyning global YaIMdagi ulushi (2010-yilda 9,2%).
- 124 — “Fortune 500” ro’yxatidagi xitoylik kompaniyalar soni (AQShdan 121 ta).
- 71,4% — Bozor kurslari bo’yicha AQShga nisbatan Xitoy iqtisodiyotining hajmi.
Bu nimani anglatadi
Xitoyning global o’sishi birinchi o’rinda mamlakatni asosiy bozor qilib tanlagan davlatlar uchun muhim. Bu davlatlar (Braziliya, Janubiy Koreya, O’zbekiston va boshqalar) tovar va sanoat mahsulotlarini asosiy qismini Xitoyga eksport qiladi.
Xalqaro biznes uchun Xitoy — bu ulkan iste’mol bozori xaritasi. Hozirda “General Motors” va “Volkswagen” yildan-yilga Xitoyda o’z mamlakatlariga qaraganda ko’proq avtomobil sotmoqda, “Starbucks"dan “Ralf Lauren"gacha bo’lgan firmalar o’tgan yili Xitoyda kuchli savdolar haqida xabar berishdi, chunki ularning ichki bozorlari yomonlashgan edi.
Xitoyning tobora ortib borayotgan iqtisodiy og’irligi BMT va XVJ kabi ko’p tomonlama muassasalarda siyosiy ta’sirning kuchayishiga aylandi. So’nggi yillarda Pekin Janubiy Koreya va Avstraliyadan importni cheklash kabi diplomatik bahslarda Xitoy bozorining ahamiyatini qo’llashga harakat qildi.
Shuningdek, u Jahon banki kabi AQSh tomonidan boshqariladigan institutlarga raqiblar tashkil etdi. Shu bilan birga, “Bir makon, bir yo’l” kabi dasturlar orqali rivojlanayotgan mamlakatlarga kredit berishni ko’paytirdi.
2028-yilga kelib Xitoy iqtisodiyoti AQShni ortda qoldiradimi yo’qmi, hali ham aniq emas. Ammo, hozirda uning kuchi va ta’siri asta-sekin o’sishda davom etmoqda.