01

Gap nima haqida ketmoqda?

Vaksina pasporti — Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tasdiqlangan sizning o’tgan emlashlaringizni hujjatlashtirgan buklet. Ideal holda, u emlash holatini tasdiqlovchi hujjat va virusni tekshirishning so’nggi natijalarini hujjatlashtirishi mumkin, bu ham chegara agentlarini tinchlantiradi, ham sayohatchilarni yoki tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni himoya qiladi.

02

Kim emlashni tasdiqlovchi hujjat talab qilishi mumkin?

Bunday hujjatni turli xil kompaniyalar talab qilishi mumkin. Masalan, aeroportlar, temir yo’llari xizmatlari, ko’p odamlar toplanadigan joyga chipta sotadigan tashkilotlar va hokazo. Buyuk Britaniyada joylashgan Saga Cruises va Avstraliyaning Qantas Airways Ltd aviakompaniyasi allaqachon yo’lovchilardan to’liq vaktsinatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qilmoqda.

03

Mamlakatlar kirish uchun vaksina pasportini talab qiladimi?

Bu savolga hali aniq jabob yo’q. Hozirda JSST bu fikrni qo’llab quvvatlamayapti. Fevral oyining boshida JSST ikkita sababga ko’ra Covid-19 vaktsinalarini qo’shmaslikni tavsiya qildi. Birinchidan, bunday talablar SARS-CoV-2 ning transchegaraviy tarqalishini to’xtatishi aniq emas. Ikkinchidan, Covid-19 vaktsinalari cheklangan miqdorda yetkazib berilmoqda.

04

Kim emlash pasportlarini ishlab chiqmoqda?

Amalga oshiriladigan vaksina pasportini qo’llab-quvvatlovchi yoki yaratishga urinayotgan bir qator xususiy firmalar, tashkilotlar va hukumatlar mavjud. “Mvine” va “iProov” texnologik kompaniyalari Covid-19 immuniteti va emlash pasportini jonli sinovdan o’tkazishni boshladilar.Vaksina ishlab chiqaradigan bir qator davlatlar ham maxsus hujjat berish huquqini olishi mumkin.

05

Vaksina olmaganlarni taqiqlashdan tashqari, chegara xizmati xodimlari vaksina pasportidan qanday foydalanishlari mumkin?

Vaksinaning pasportlari yoki sertifikatlari amaldagi qoidalarni yumshatish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, ba’zi sayohatchilarga virusni tekshirishni talab qilinadi va ular kelgandan keyin karantin choralarini amal qilishga majbur bo’lishadi. Vaksina pasporti shunga o’xshash holatlarda yordam berishi mumkin.