Milliarder Uorren Baffetning boyligi 100 milliard dollardan oshdi. Bu ma’lumot Forbes Real Time saytida ko’rsatib o’tilgan. Baffet investitsiya kompaniyasining aksiyalari bu yil 15 foizga qimmatlashdi. Bunga Baffetning o’z qimmatli qog’ozlarini sotib olgani sabab bo’ldi.
Hozirga kelib Uorren Baffet Forbes ning eng boy 5 ta milliarderlari qatoriga kirgan. Shuningdek, Top-5 qatoriga Amazon asoschisi Jof Bezos ($179,6 mlrd), Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ($165,1 mlrd), Dior va Louis Vuitton brendlariga egalik qiluvchi Bernar Arno ($158,5 mlrd) и Microsoft hamkor asoschisi Bill Geyts ($125,6 mlrd) ham kiradi.
Kompaniyaning tezkor foydasi o’tgan yilning 4- choragida 14 foizga ($5,02 mlrd) oshdi. Sof foyda esa fond bozoridagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda $35,84 mlrd (23%) gacha oshgan.
Butun 2020-yil davomida tezkor daromad 9 foizga kamayib, 21,92 milliard dollarga, sof daromad 48 foizga kamayib, 42,52 milliard dollarga tushdi.
Berkshirning pul “yostig'i” 2020- yil oxiriga kelib 138,3 milliard dollarni tashkil etdi. bu o’tgan yilning shu davrdagi nisbatiga ko’ra qariyb 10 mlrdga ko’pdir.
Avvalroq Spot, Uorren Baffet investorlarga yo’llagan an’anaviy murojaatnomasi haqida ma’lumot bergan edi.