Xitoy rasmiylari Alibabaga rekord darajada jarima solishni rejalashtirmoqda. Bu haqida WSJga tayanib Forbes xabar beradi. Gazetaning yozishicha, kompaniya ma’muriyati har qanday jazoga tayyor, shunchaki “muammoni pul bilan hal qilib, faoliyatni davom ettirish"ni ko’zlamoqda.
Ammo jarimadan tashqari, kompaniyadan Jek Madan uzoqlashishi va partiyani qo’llab-quvvatlash talab qilinishi mumkin. Jarimaning miqdori aniq belgilanmagan, аmmo bu 2015-yildagi Qualcomm protsessorlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq $975 mlnlik jarimadan ham ko’p bo’lishi aytilmoqda.
Jarima nihoyat muammoni pul bilan hal qilish va olg’a intilishga yo’l ochadi. 2019−2020- moliyaviy yillarga ko’ra Alibabaning sof foydasi $19,8 mlrdni tashkil etgan.
Ba’zi menejerlar juda katta bo’lsa ham, jarimani to’lashdan mamnun bo’lishadi: bu hozirda regulyatorlarning noaniqligidan aziyat chekayotgan kompaniya uchun hech bo’lmaganda vaqtinchalik yordam bo’ladi, deb yozadi gazeta Alibabadagi suhbatdoshlarga tayanib.
Eslatma: Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi.
Avvalroq esa Spot, Alibaba tarkibida bo’lgan Ant Group faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi qonun qabul qilgani haqida yozgan edi.